“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Riga shahri yo‘nalishi bo‘yicha yangi reysni yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar beradi UzDaily.
“30-oktabrdan boshlab ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ Milliy aviakompaniyasi havo kemalari parvozining qishki jadvaliga muvofiq Riga shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, muntazam reyslarni amalga oshira boshlaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar juma kunlari Boeing-767 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Izoh (0)