Gvatemalada yuz bergan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 186 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” mamlakat prokuraturasi ma’lumotiga tayanib.
Avvalroq 161 nafar qurbon haqida ma’lum qilingan edi.
Qutqaruvchilarning fikriga ko‘ra, fojiadan bu qadar uzoq vaqt o‘tib, tirik qolganlarning topilishi dargumon. Santa-Katarina-Pinula shahrining 300 ga yaqin aholisi hamon bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvatemalada tabiiy ofat o‘tgan haftaning payshanba kuni, 1-oktabrda sodir bo‘lgan edi.
Izoh (0)