Shveysariya FIFA rahbari Yozef Blatterga nisbatan jinoiy tergov boshladi, deya xabar bermoqda Meduza. Uni mas’uliyatsizlik va mol-mulkni noqonuniy o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda.
Blatter federatsiya uchun foydasiz bo‘lgan teletranslyatsiya shartnomasini tuzishda gumon qilinmoqda. Shartnoma 2005-yilda KONKAKAFning o‘sha paytdagi rahbari Jek Uorner bilan imzolangan.
Bundan tashqari, FIFA prezidenti UEFA rahbari Mishel Platiniga noqonuniy pul o‘tkazganlikda shubha qilinmoqda. Bunda gap ikki million frank haqida bormoqda. Ushbu summani Blatter 2011-yilda to‘lagan.
Izoh (0)