AQSh prezidenti Barak Obama, uning oilasi va rahbariyatning yuqori mansabdorlari Rim papasi Fransiskni kutib oldi. Uning samolyoti Vashingtondagi Endryus aviabazasiga qo‘ndi, deb xabar beradi Reuters.
23-sentabr, chorshanba kuni Obama pontifikni Oq uyda qabul qilishi kutilmoqda.
Papa Fransisk AQShga Kubadan yetib keldi. Samolyot bortida u jurnalistlarga Amerika hukumatining Kubaga nisbatan qo‘llagan savdo embargosining bekor qilinishiga umid qilayotganligini ma’lum qildi. Rim papasi 22—27-sentabr kunlari Vashington, Nyu-York va Filadelfiyaga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk 20-sentabr kuni Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro bilan uning Gavanadagi uyida uchrashgan edi.
Izoh (0)