Rim papasi Fransisk 20-sentabr, yakshanba kuni Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro bilan uning Gavanadagi uyida uchrashdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Avvalroq papa Fransisk Gavana markaziy maydonida o‘tkazgan ibodat marosimiga o‘n minglab kubalikning kelganligi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Gavanaga 19-sentabr kuni tashrif buyurgan edi. Uni Kuba rahbari Raul Kastro poytaxtda joylashgan Xose Marti nomidagi xalqaro aeroportda kutib olgan edi.
Izoh (0)