FIFA bosh kotibi Jerom Valke 17-sentabr kuni o‘z lavozimidan ozod etildi. U JCh—2014 chiptalarini noqonuniy tarzda sotganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Mazkur mutasaddiga ayblovlarni JCh chiptalarining rasman sotuvi bilan shug‘ullanadigan JB Marketing korxonasining rahbari Benni Alon keltirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Valke tomonidan 8 mingdan ziyod chiptalar nazoratsiz yo‘q qilingan, aniqrog‘i, sotib yuborilgan va buning natijasida sobiq bosh kotib 2 million yevro daromad ko‘rgan.
Hozircha Valke bu ayblovlarni rad etmoqda. Surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Izoh (0)