Zamonaviy me’morchilik fantastik ko‘rinishga ega va go‘yo insonni yulduzlarga yaqinlashtirishga urinayotgandek. “Adme.ru” ayni paytda qurilishi davom etayotgan va o‘lchamlari hayratlanarli bo‘lgan 10 bino bilan tanishtirdi.
1. Qirollik minorasi
U Saudiya Arabistonida bino qilinmoqda, balandligi 1 kilometrgacha yetadi. Minoraning qurilishi o‘tgan yili boshlanib, 2019-yilda bitkazilishi kutilmoqda.2. Shanxay minorasi
121 qavatli minora Xitoyda 1993-yildan 2015-yil boshigacha qurildi. Ayni paytda pardozlash ishlari bormoqda.3. Dubai Pearl
Ushbu bino “ichki shahar” ko‘rinishida bo‘lib, u to‘rtta minorani ko‘priklar orqali birlashtiradi.4. Agora Garden
Taypey shahridagi 20 qavatli inshoot qurilishi 2016-yilda yakunlanadi. Uning har bir qavatidagi balkonlarda bog‘lar o‘stiriladi.5. World One
Hindistonda qurilayotgan 117 qavatli osmono‘par bino sayyoradagi eng baland turar-joyga aylanishi kutilmoqda.6. Qirol Abdulla neftni o‘rganish va tadqiq qilish markazi (KARSARC)
Saudiya Arabistonidagi ushbu bino mashhur me’mor Zaxi Hadid ijodiga mansub bo‘lib, u olti burchakli hujralarni birlashtirish asosida o‘ylab topilgan.7. Chjunnan markazi
Xitoyning Suchjou shahrida 730 metrli markaz qurilishi yaqinda boshlandi, u 2020-yilda tayyor bo‘ladi. U dunyoda uchinchi eng baland binoga aylanadi.8. Lotte World Tower
556 metrli osmono‘par bino Seulda 2016-yilda qurib bitkaziladi.9. “Davang” tog‘ kurorti
Xitoydagi ushbu kurort 170 metrga cho‘zilgan binodan iborat bo‘lib, u 2016-yilda tayyor bo‘ladi.10. “Sonjang” mehmonxonasi
Xitoydagi yana bir bino qoya va ko‘llar oralig‘ida joylashgan mehmonxonadir. Uning ichidan sharshara oqib o‘tadi.
Izoh (0)