Afsonaviy amerikalik bokschi Roy Jons Rossiya fuqaroligini oldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”. Vladimir Putin unga Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Dunyoga mashhur bokschining so‘zlariga qaraganda, u rus tilini o‘rganishni, Rossiyada yashab, sport, tadbirkorlik va musiqa bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jons 19-avgust kuni Sevastopolda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, RF fuqaroligini olish istagini bildirgan va ertasiga, 20-avgust kuni Yaltada bu masala yuzasidan ariza yozgan edi.
Izoh (0)