Xitoy shimoli-sharqida joylashgan restoran ishchi xodimlari rahbariyatiga tiz cho‘kkan holda minnatdorlik bildirdi. Bu haqda The South China Morning Post xabar beradi.
Hodisa Lyaonin viloyatidagi Shenyan shahrida sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, o‘nlab qizil ish kiyimidagi xodimlar markaziy maydonda tiz cho‘kib, “Rahmat, boshliq! Menga ish berganligingiz uchun, rahmat!”, deb minnatdorlik bildirgan.
50 ga yaqin kishi sodir bo‘layotgan hodisani kuzatib turdi. Marosim videotasvirga yozib olindi. Muassasa rahbari videoyozuvni restoran tizimidagi hamkasblariga “korporativ madaniyatni targ‘ib etish” uchun yuborish niyatida.
Mahalliy aholini yuz bergan hodisa g‘azablantirdi. Ular rahbariyatni o‘z xodimlarini hurmat qilmaslikda va mehnat qonunchiligini buzishda aybladi.
Izoh (0)