2015-yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2—3-sentabr kunlari XXRga tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)