Rossiya Bosh prokuraturasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning “Xudoga ibodat qilish: uning Islomdagi ahamiyati” kitobini “ekstremistik nashr” deb topgan sud qarorini tanqid ostiga olganiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Sudya va prokurorlarni ularning bevosita kasblari bilan bog‘liq sohada haqorat qilishga yo‘l qo‘ymaslik lozim, deb hisoblaymiz. Huquqiy masalalar huquqiy asosdagina hal etilishi kerak”, — deya ta’kidlagan Bosh prokuraturaning rasmiy vakili Mariya Gridneva.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov bu qarorni chiqargan sudya va prokurorni “millat xoinlari va shaytonlar” deb atagan.
Izoh (0)