AQSh Aerokosmik agentligi (NASA) shov-shuvli ravishda taniqli bo‘lgan ruhoniy Jon Xegi shu yil kuzatiladigan ketma-ket oy tutilishlari bilan bog‘layotgan oxirat va meteorit qulashi “aslida mumkin emasligi” va haqiqatga aloqador emasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi, deb yozadi Tengri News.
Avvalroq san-fransiskolik ruhoniy Injildagi matnlardan iqtibos keltirib, 2015-yil sentabrida meteorit qulashi va qiyomat qoyim bo‘lishini bashorat qilgan edi. Bu haqda u NASA’ni ham ogohlantirgan.
Agentlik rasman ma’lum qilishicha, Yerning eng xavfli asteroidlar bilan to‘qnashish ehtimoli 0,01 foizdan oshmaydi, shu yilning sentabrida esa sayyoraga Yerga yaqin xavfli osmon jismlaridan hech biri yaqin kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida biryo‘la ikki — qisman Quyosh va to‘liq Oy tutilishini kuzatish mumkin bo‘ladi. 13-sentabrda Quyosh 78 foizga berkiladi, uni kuzatish uchun eng qulay hududlar Antarktida, Janubiy Afrika va Madagaskardir. 28-sentabrda ro‘y berishi kutilayotgan Oy tutilishini esa Rossiyaning Yevropadagi qismi, G‘arbiy Yevropa va Afrika, ikkala Amerikaning sharqiy qirg‘oqlarida ko‘rish mumkin.
Izoh (0)