Misr armiyasi politsiya ko‘magida shimoliy Sinayning uch tumani — al-Arish, Rafax va shayx Zubaydda keng ko‘lamli aksilterror amaliyotini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Knews” xabar berdi.
Amaliyot chog‘ida 29 nafar jangari o‘ldirildi, texnika va qurol-yarog‘ qo‘lga kiritildi. Hukumat qo‘shinlaridan ikki nafar harbiy halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangan.