Tojikiston Ichki ishlar vazirligi 4-sentabr kuni iste’foga chiqarilgan mudofaa vazirining o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodani mudofaa vazirligining Dushanbedagi markaziy tuzilmasi hamda Vahdat shahri ichki ishlar bo‘limiga hujum uyushtirishda aybladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sakkiz nafar militsiya xodimi halok bo‘lishiga olib kelgan Dushanbe va Vahdatdagi hujumlar 4-sentabr tongida ro‘y berdi. Uning qatnashchilari ko‘plab qurol-yarog‘ni qo‘lga kiritgan. Olti nafar terrorchi qo‘lga olingan, Nazarzoda esa bir guruh sheriklari bilan yashiringan.
Izoh (0)