Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakat Suriyadan ming nafar migrantlarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Novaya gazeta” hukumat matbuot xizmatiga tayanib.
Bosh vazir aniqlik kiritishicha, mamlakatga ayni paytda Yevropada bo‘lganlar emas, Suriya bilan chegaradagi lagerlardagi yangi qochoqlar keltiriladi.
Mamlakat hukumati muhojirlarni nohukumat tashkilotlar ishtirokida qochoqlar lagerlariga taqsimlash bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)