Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina iste’fo berdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Prezident yarim tunda, sudya tomonidan uni hibsga olish haqida buyruq chiqarilganidan so‘ng, iste’foga chiqish haqida qaror qabul qildi.
Molina bojxona organlari faoliyatida fosh etilgan yirik korrupsiyaviy sxemaga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Avvalroq sud Gvatemala prezidentiga mamlakatni tark etishni taqiqlagan edi, undan avvalroq esa Molina daxlsizlik huquqidan mahrum etilgandi.
Izoh (0)