Rossiya ichki ishlar vazirligining Ichki qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Viktor Zolotov Checheniston IIV OMON (maxsus topshiriqli mobil otryad) harbiy shayligining kutilmagan tekshiruvini tashkil qildi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagram’ida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“To‘liq harbiy tayyorgarlik holatiga o‘tish haqidagi buyruq besh daqiqa ichida bajarildi. Zolotov OMONning shaxsiy tarkibini yuqori baholadi. U hujjatlarga ko‘ra, bunga ish paytida bir soat , ishdan tashqari paytda bir yarim soat vaqt berilishini ta’kidladi”, — deb yozdi Qodirov.
Izoh (0)