“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining Gran-prisini xitoylik ayollar orkestri − Jangsu Women's Orchestra qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Festivalning yubiley sonida birinchi o‘rinni Yaponiyaning Shamisen guruhi musiqachilari, ikkinchi o‘rinni estoniyalik Sepp Silver hamda Polshaning Chelm guruhi, uchinchi o‘rinni esa Kosta-Rikaning Quelite guruhi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, qator ishtirokchilarga turli nominatsiyalarda mukofotlar topshirildi. G‘oliblarni taqdirlash 30-avgust kuni Samarqandda, festivalning yopilish marosimi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)