Xitoyning Tyanszin shahridagi portlash qurbonlari soni 146 kishiga yetdi, yana 27 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan. Bu haqda qutqaruv amaliyoti rahbariyati matbuot xizmatining 28-avgust, juma kuni chop etilgan hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Halok bo‘lganlar orasida 89 nafar o‘t o‘chiruvchi va to‘qqiz nafar politsiyachi bor. Dom-daraksiz yo‘qolganlar ro‘yxatida 15 nafar o‘t o‘chiruvchi va ikki nafar politsiya xodimi qayd etilgan.
Fojia oqibatida 800 ga yaqin odam yaralangan, ulardan yarmidan ko‘pi ayni paytda ham kasalxonalarda davolanmoqda.