2015-yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston—AQSh muloqotining hozirgi holati va uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, gumanitar va o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa sohalarda chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ba’zi xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid masalalar ham muhokama qilindi.
Suhbatda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.
Izoh (0)