Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun, 25-avgust kuni musobaqaning ikkinchi kungi bahslarini 66 kg vazn toifasidagi polvonlar boshlab berdi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Rishod Sobirov himoya qilayotgandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Olimpiya o‘yinlarining ikki karra bronza medal sovrindori jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Sobirov o‘tish bahsida avvaliga italiyalik Elio Verdeni, keyin esa qozog‘istonlik Yeldos Jumaxanovni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Rishod Sobirov dastlab venesuelalik Serxio Matteyni, keyin armanistonlik Arsen Gazaryanni, nimchorak finalda yaponiyalik Masashi Ebinumani mag‘lubiyatga uchratgandi. Ammo chorak finalda koreyalik Baul Anga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Izoh (0)