Twitter ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari #uzb24 xeshtegini jahon trendiga olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudayberdiyev o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan ushbu ijtimoiy aksiya doirasida xeshtegni trendga chiqarish bo‘yicha harakat 28-avgust kuni soat 16:00 dan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Диққат!
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) August 21, 2015
Мустақиллигимизнинг 24 йиллик байрамига бағишлаб 28 август соат 16:00 да #uzb24 хэштегига оид ижтимоий акция ўтказамиз!
Pls, RT!
#uzb24 xeshtegi trendga chiqishi uchun Twitter foydalanuvchilari o‘z tvitlariga ushbu xeshtegni qo‘shib yozishi kerak. Xeshteg foydalanuvchilar tomonidan qancha ko‘p tvitlarda ishlatilsa – uning trendda ko‘rinishi imkoniyati shuncha oshadi.
Izoh (0)