Belarus prezidenti olti nafar muxolifatchini qamoqdan ozod qildi. Ular orasida prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Nikolay Statkevich ham bor. Bu haqda “Exo Moskvi” radiosi xabar berdi.
59-yoshli Statkevich 5 yil avvalgi saylovlardan so‘ng qo‘lga olingan 10 nafar siyosatchi orasida oxirgi bo‘lib ozodlikka chiqdi. U 2011-yilda Lukashenko qayta saylangach, ommaviy namoyishlar uyushtirganlikda ayblanib, 6-yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.
Izoh (0)