Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida yashovchi Yuriy Afanasov garajida yerto‘la qaziyotib, mamont dandon tishini topib oldi, deya xabar bermoqda “TASS” speleoarxeolog Vladimir Yuringa tayanib.
Suyak qariyb ikki metr chuqurlikdan topilgan. Uning yoshi 20 dan 100 ming yilgacha deb taxmin qilinmoqda. Topilma dandon tishning bir bo‘lagigina bo‘lib, uning uzunligi 184 sm, diametri 20 sm. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, butun tishning uzunligi 3,5 metrga yetishi mumkin.
Yaqin orada topilma Sosnovskiy tumanidagi o‘lkashunoslik muzeyiga zarur ekspertizalarni o‘tkazish uchun topshiriladi.
Izoh (0)