Xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE shaxmatchilarning avgust oyi uchun reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov reytingda 43-o‘rinni egallab turibdi. Qosimjonov o‘tgan oydagi o‘rniga nisbatan uch pog‘onaga pastlagan, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamon reyting peshqadami bo‘lib turibdi. Sobiq jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand ikkinchi, yana bir sobiq jahon chempioni bolgariyalik Veselin Topalov uchinchi o‘rinni band etgan.
Kuchli o‘ntalik: Magnus Karlsen (Norvegiya) — 2853, Vishvanatan Anand (Hindiston) — 2816, Veselin Topalov (Bolgariya) — 2816, Xikaru Nakamura (AQSh) — 2814, Fabiano Karuana (AQSh) — 2808, Anish Giri (Gollandiya) — 2793, Uesli So (AQSh) — 2779, Vladimir Kramnik (Rossiya) — 2777, Aleksandr Grishuk (Rossiya) — 2771, Liren Ding (Xitoy) — 2765... Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) — 2704.
Izoh (0)