Qozog‘iston hukumatining tengeni erkin oqimga qo‘yib yuborish qaroridan so‘ng respublika milliy valyutasi AQSh dollariga nisbatan rekord darajadagi past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
20-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 10:08 da Qozog‘iston birjasidagi savdolar chog‘ida 1 dollar uchun 200 tenge miqdorida eng past ko‘rsatkich va 257 tenge miqdorida eng baland ko‘rsatkich qayd etildi.
Tengening o‘rtacha kursi savdolar boshidan buyon 57 tengega o‘sib, 255,26 tengeni tashkil etdi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Qozog‘iston hukumati jahon iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar tufayli, valyuta koridorini bekor qilib, erkin oqimdagi milliy valyuta kursiga o‘tishga qaror qilgan edi.
Izoh (0)