“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2019-yil oxirigacha Toshkent shahridagi xalqaro aeroportning yangi — “Toshkent-4” yo‘lovchi terminalini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya press-reliziga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Yangi terminal Janubiy Koreya bilan hamkorlikda quriladi, u Markaziy Osiyodagi eng zamonaviysi bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishga O‘zbekistonning o‘ndan ortiq muassasasi jalb etiladi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori Valeriy Tyan aytishicha, ushbu loyihaga Prezident Islom Karimov tashabbuskorlik qilgan va yangi terminal dunyoning eng yaxshi standartlariga mos kelib, 35—50 yillar ichida ham shunday bo‘lib qolishi kerakligini topshirgan.
Izoh (0)