Panjob viloyati ichki ishlar vaziri Shuyya Xonzoda uyida o‘tkazayotgan majlis davomida sodir bo‘lgan portlash natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Portlash qurbonlari soni 12 nafarga yetdi. Vazirning halok bo‘lganligini uning maslahatchisi Said Illahi tasdiqladi.
Mahalliy politsiya hujum xudkush tomonidan tashkil etilganligini tasdiqladi. Terrorchilik harakati uchun javobgarlikni “Lashkari jangvi” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)