“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa superkubogi uchun kechgan “Sevilya”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Stadion.uz”.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi barcha yevrokubok musobaqalarida urgan gollari soni bo‘yicha “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Endi har ikkala futbolchi hisobida 80 tadan gol bor. Messi bunday natijaga 103 ta o‘yinda erishgan bo‘lsa, Ronaldu hisobida 122 ta o‘yin bor.
Eslatib o‘tamiz, Tbilisida bo‘lib o‘tgan Yevropa superkubogi o‘yinida “Barselona” 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Messi ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Izoh (0)