“Barselona” hujumchisi Lionel Messi UEFA Superkubogi doirasida “Sevilya”ga qarshi kechgan bahsning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Hujumchi bu uchrashuvda ikkita gol kiritgan. E’tiborli tomoni, 5:4 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakunlangan ushbu uchrashuvda “Sevilya” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Pedro g‘alaba golini kiritib, “Barselona” Superkubokni qo‘lga kiritishiga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)