Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi KXDRni qurolsizlantirilgan hududga mina joylashtirganlikda aybladi. Minaning portlab ketishi oqibatida ikki nafar Janubiy koreyalik harbiy xizmatchi oyog‘idan mahrum bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Portlash 4-avgust kuni, Janubiy Koreyaning sakkiz nafar harbiy xizmatchisi hududni ko‘zdan kechirayotganda sodir bo‘ldi. Ulardan ikki nafari jabrlandi.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi minaning eski emasligi va u Shimoliy Koreya tomonidan o‘rnatilganligini e’lon qildi. Janubiy Koreya qurolli kuchlari qo‘mondonligi hodisani “ochiqdan-ochiq fitna” ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)