Malining Sevare shahridagi birato‘la uch mehmonxonaga noma’lum kimsalar hujum uyushtirgan va buning oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda DPA agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujum qilganlar pulemyotlar bilan qurollangan. Ular Debo, Motel va Flandres mehmonxonalarida yashiringani taxmin qilinmoqda. Hodisa chog‘ida bu binolarda chet elliklar, jumladan, fransuzlar va JAR fuqarolari bo‘lgan.
Ayni paytda mehmonxonalar harbiylar tomonidan o‘rab olingan.
Izoh (0)