6-avgust, payshanba kuni Misrda yangi Suvaysh kanali — O‘rtayer va Qizil dengizlar o‘rtasidagi qisqa yo‘l ochildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Yangi kanal qurilishi atigi bir yil davom etdi, undan kuniga 97 ta (ilgari bu ko‘rsatkich 50 taga teng edi) kema o‘tishi mumkin, ularning navbat kutishi esa avvalgi 10—12 soat o‘rniga endi 3 soatdan oshmaydi.
Qohira mamlakat byudjetiga shundoq ham yiliga 5 milliard dollargacha daromad keltirayotgan kanaldan tushadigan mablag‘ ikki barobar ko‘payishiga umid qilmoqda.
Yangi kanal “oddiy misrliklarning dunyoga sovg‘asi”, deya ataldi. Chindan ham qurilish deyarli to‘lig‘icha oddiy fuqarolar sotib olgan yangi Suvaysh kanalining 12% daromad keltiradigan maxsus zayomlari hisobiga moliyalashtirildi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar hisobiga ma’murlar 8 milliard dollar to‘pladi, 1 milliardga yetmagan mablag‘ mahalliy banklardan qarz olindi. Davlat rahbari Abdulfattoh al-Sisi qaroriga ko‘ra, xorijiy investorlar qurilishga jalb etilmadi.
Izoh (0)