Shimoliy Koreya soatlarni hozirgi standart vaqtdan 30 daqiqa ortga surib, yangi “Pxenyan” vaqtiga o‘tadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Sharqiy uzunlik bo‘yicha 127 daraja 30 daqiqa yoki hozirgidan 30 daqiqa keyingi vaqt KXDRning standart vaqti sifatida belgilanadi.
Pxenyan vaqti 104-chuxche yili (2015-yil) 15-avgustdan, mamlakat Yaponiyadan mustaqil bo‘lishining 70 yilligi munosabati bilan kuchga kiradi.
Izoh (0)