Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Koreya Respublikasini ajratib turuvchi harbiysizlashtirilgan hudud janubida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Natijada janubiy koreyalik ikki nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan, ular harbiy gospitalga olib borilgan. Portlash 4-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:40 da Kengido provinsiyasining Yonchxon uyezdida sodir bo‘lgan.
Mahalliy harbiy qo‘mondonlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, voqeaga KXDRning aloqadorligi ehtimoli yo‘q. Portlashning sababi mina bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Izoh (0)