Barcha millionerlar va taniqli shaxslar ham o‘zining boyligi yoki yuqori lavozimini ko‘z-ko‘z qilavermaydi. Ularning shunday vakillari borki, oddiy odamlardek, kamtarona hayot kechiradi. “Adme.ru” ana shunday sakkiz nafar shaxs haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Shvetsiyaning oddiy malikasi
Foto: adme.ruBu Madlen, Shvetsiya malikasi. Ha, u o‘z itining axlatini ko‘chada qoldirmaydi.
Dunyodagi eng kambag‘al prezident
Foto: adme.ru
2010-yil martidan 2015-yil martigacha Urugvay davlatiga rahbarlik qilgan Xose Kordano Muxika “dunyodagi eng kambag‘al prezident” nomini bejizga olmagan. U 263 000 peso (9300 dollar) lik maoshidan o‘ziga faqat 26 300 peso (930 dollar) qoldirib, qolganini xayriya qilgan. Qishloqdagi fermada yashaydigan Muxikaning eng yirik xaridi — Volkswagen “qo‘ng‘iz” avtomobili bo‘lgan. Uning bankda hisob raqami ham, qarzi ham yo‘q.
Foto: adme.ruMuxika shifoxonada navbat kutmoqda
London meri
Foto: adme.ruLondon meri Boris Jonson galstuk taqmay yurishdan, sport kurtkasi, velosiped shlemini kiyishdan yoki ryukzak taqishdan uyalmaydi. U Buyuk Britaniyada velosipedlar harakatini rivojlantirishning eng yirik tarafdorlaridan biri hisoblanadi.
Reykyavik shahri meri
Foto: adme.ruHozirda Islandiya poytaxtiga rahbarlik qiluvchi Yone Gnarrening oliy ma’lumoti yo‘q, komediya aktyori va taksi haydovchisi bo‘lgan. 2010-yilda u o‘z siyosiy partiyasini tuzib, uni “Eng yaxshi partiya” deb nomlagan. Partiyaga asosan ijodkorlar, avval siyosat bilan shug‘ullanmagan shaxslar a’zo bo‘lgan. Shahar aholisi saylovda aynan shu partiyaning yetakchisiga eng ko‘p ovoz bergan.
Nyu-Yorkning sobiq meri
Foto: adme.ruMaykl Blumberg dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 13-o‘rinda turishini payqash qiyin. U metroga tushib turadi, ofisi ham juda oddiy.
Xippi-milliarder Richard Brenson
Foto: superiormale.ruVirgin aviakompaniyasi asoschisi Richard Brenson kichik musiqa do‘konini 10 yil ichida dunyoning barcha qit’alariga tarqalgan ko‘p tarmoqli biznesga aylantira oldi. Biroq u noodatiy harakatlaridan voz kechmagani uchun “xippi-milliarder” nomini olgan. Uning eng so‘nggi yorqin chiqishi — AirAsia aviakompaniyasi styuardessasi libosini kiyib olishi bo‘ldi.
Google afsonasi
Foto: adme.ruGoogle kompaniyasi asoschilaridan biri va texnologiyalar bo‘yicha prezidenti Sergey Brin AQShning eng boy insonlaridan biri hisoblanadi, shunga qaramay kamtarona hayot kechiradi. U hali ham uch xonali uyda yashaydi, Mercedes’da emas, balki ekologik toza gibrid dvigatelli Toyota Prius’da yuradi.
Milliardsiz milliarder
Foto: adme.ru
Chak Fini Duty Free Shoppers do‘konlar tarmog‘i asoschisi bo‘lib, uning The Atlantic Philanthropies xayriya jamg‘armasi turli sohalar uchun 6,2 milliard dollar ajratgan. 2020-yilgacha Fini o‘zining butun boyligini muhtojlarga sarflab tugatmoqchi.
Izoh (0)