Tez kunlarda Toshkent—Baliqchi (Issiqko‘l)—Toshkent yo‘nalishida turistik poyezdlar ishga tushiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qilgan.
Yangi turistik poyezd aynan qachondan boshlab yo‘lga qo‘yilishiga aniqlik kiritilmagan, faqat bu “tez orada” bo‘lishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston hududida joylashgan Issiqko‘l MDHdagi eng ommabop dam olish maskanlaridan biri bo‘lib, Baliqchi shahri ko‘lning g‘arbiy sohilida joylashgan.
Izoh (0)