Fransiya prezidenti Fransua Olland eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniyni noyabr oyida Parijga taklif qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
“Menda davlatimiz prezidenti Fransua Ollandning Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga noyabr oyida Fransiyaga kelishni taklif qilgan maktubi bor”, — deydi Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius. U 29-iyul, chorshanba kuni Tehronga bir kunga tashrif buyurdi.
Eron yadro dasturi yuzasidan erishilgan kelishuvdan so‘ng, Tehronning G‘arb bilan yaqinlashuvi ortmoqda.
Izoh (0)