O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Baku Cup tennis turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy to‘rga yo‘llanma oldi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, saralash musobaqasining 6-raketkasi sifatida qayd etilgan Nigina ilk davrada rossiyalik Kseniya Likinani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Asosiy to‘r musobaqasiga chiqish imkonini beruvchi uchrashuvda esa Abduraimova italiyalik Nastasya Barnettni 7:5, 6:3 hisobida yengdi. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Nigina 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
Izoh (0)