Janubiy Koreyada Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli Korea Open xalqaro turnirida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik sportchilar safi kengayib bormoqda, deb xabar qiladi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Oldinroq eng og‘ir vaznli (+87 kg) sportchilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin kamida bronza medalini naqd qilganini ma’lum qilgandik.
Dmitriy Shokin bugun, 24-iyulda dunyoda tengsiz taekvondo ustasi ekanligini yana bir bora isbotladi va o‘z kolleksiyasiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yili o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar o‘ynalayotgan mazkur musobaqaning dastlabki kungi bahslarida Jasur Boyqo‘ziyev (-87 kg) oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Yana bir ma’lumot. Mazkur xalqaro turnirda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida ham musobaqalar o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi, o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada o‘zbekistonlik Sevinch Muhammadjonova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)