AQShdagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi hisoblangan General Motors (GM) 2015-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, daromadi kamayganiga qaramay, sof foydasi 5,5 barobar oshganini e’lon qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
GM’ning sof foydasi 2015-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollarni tashkil etdi — 2014-yilning hisobot davrida kompaniya 200 million dollar sof foyda ko‘rgandi.
GM’ning chorak daromadi 39,6 milliard dollardan 38,2 milliard dollargacha kamaydi. Tahlilchilar esa kompaniyaning daromadi 40,4 milliard dollardan oshishini taxmin qilgandi.