Toshiba kompaniyasining prezidenti Xisao Tanaki hisobotni soxtalashtirish bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Tanaki bilan birga kompaniyani vitse-prezident Norio Sasaki ham tark etmoqda. Ular kompaniyada 1970-yillarning boshidan buyon ishlab kelgan. Toshiba rahbariyati a’zolarining iste’foga chiqishi mustaqil komissiya tomonidan kompaniyaning olti yil davomida hisobotlarni soxtalashtirib kelganligi aniqlanganidan bir kun o‘tgach e’lon qilindi.
Toshiba rahbari vazifasini kompaniya direktorlar kengashi raisi Masashi Muromati vaqtincha bajarib turadi.
Izoh (0)