Bu 10 yulduz biz o‘ylaganimizdan ko‘ra yoshroq ko‘rinadi, deb yozadi “Adme.ru”.
Kimgadir genetikada omad kulib boqqan, yana kimdir yaxshi plastik jarrohlarni topgan. Muhimi bu emas. Natija shundayki, ularga vaqt ta’sir ko‘rsata olmaydigandek. Ular bilan tanishing.
Gven StefaniOqbilak xonim, aqlli qiz va No Doubt guruhi yakkaxonining yoshi, diqqat qiling — 45 da! Ha, bizning ham ishongimiz kelmayapti.
Salma XayekAgar Gven Stefanining yoshidan hayratga tushib qolgan bo‘lsangiz, yaxshilab o‘tirib oling — chunki Xayek xonim 48 da. U ham juda yosh ko‘rinadi.
Elison Xannigan90-yillarning mashhur seriallari bosh qahramoni hisoblangan Elison hozirda 41 yoshda.
Jennifer EnistonAftidan, Jennifer Eniston iblis bilan bitim tuzganga o‘xshaydi. Chunki aktrisa umuman o‘zgarmaydi. Hatto soch turmagi ham “Do‘stlar” serialining birinchi qismidagi kabi. Lekin vaqtni aldab bo‘lmaydi — Eniston hozirda 46 da.
Jim ParsonsAfsonaviy doktor Sheldon Kuper rolini jonlantirgan aktyor 27 yoshga o‘xshab ko‘rinayapti, desak, fikrimizga qo‘shilasiz, shundaymi? Mayli, 30 deylik. Aslida esa u 42 yoshda.
Elayja VudShirdan kelgan yoqimtoy xobbit Frodo Beggins oz emas, ko‘p emas 34 yoshda. Ishonmasangiz, gugllab ko‘ring.
Xelli BerriMaftunkor Xelli Berri 48 yoshda!
Reychel MakAdamsKanadalik aktrisa “Xotira kundaligi”dagi roli bilan tomoshabinlar va tanqidchilar mehrini qozongandi. O‘shanda u 25 yoshda edi, hozir esa 36 da, lekin hamon maftunkor.
Kianu RivzJahonning eng mehribon aktyori 50 yoshda!
Dmitriy XaratyanTaniqli rossiyalik Xaratyan 55 yoshda. Bu aktyor hech o‘zgarmaydi. Xuddi Boyarskiyning shlyapasi kabi.
Izoh (0)