Toshkent Kichik halqa yo‘lining Janubiy vokzal yaqinidagi bo‘lagi bo‘ylab harakatlanayotgan Mercedes-Benz Conecto avtobusida yong‘in yuz berdi. Bu haqda 20-iyul, dushanba kuni Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida xabar qoldirilgan.
Xabarga ilova qilingan suratda avtobusning orqa tomoni tutunga to‘lgani, salon yo‘lovchilardan xoli ekanligi, odamlar olovni o‘chirishga urinayotganliklarini ko‘rish mumkin.
Foydalanuvchilardan birining qayd etishicha, o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga juda tez yetib kelib, favqulodda holatni bartaraf etgan.
Izoh (0)