O‘zbekiston milliy terma jamoasi Samvel Babayan boshchiligidagi ilk yig‘inini boshladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ushbu yig‘in doirasidagi dastlabki mashg‘ulotlar 19-iyul kuni “Jar” stadionida bo‘lib o‘tdi. Milliy terma jamoaning bu o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga faqat Oliy Liga klublarida faoliyat olib borayotgan futbolchilar jalb etildi. Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini avvalroq ma’lum qilgan edik.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘yinlar 22 va 25-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki uchrashuv “Jar” stadionida bo‘lsa, ikkinchi o‘yin “Paxtakor”da o‘tkaziladi.
Izoh (0)