AQShning Tennessi shtatida joylashgan Chattanuga shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida yaralangan dengiz piyoda askarlaridan biri halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.
Shunday qilib, 16-iyul kuni sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi. AQShning asli quvaytlik 24 yoshli fuqarosi Muhammad Yusuf Abdulaziz shahardagi armiyaga chaqiriq punkti va Harbiy dengiz kuchlari zaxirasi markazida o‘t ochishi oqibatida to‘rt nafar dengiz piyoda askari voqaea joyida halok bo‘lgan edi.
Muhammad Yusuf Abdulaziz politsiya xodimlari tomonidan otib tashlangan. Uning harakatlariga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, uning terrorchilik tashkilotlari bilan aloqasi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)