Toshkentda o‘tkazilayotgan Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqichidagi Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvning ikkinchi kunidagi juftliklar bahsida O‘zbekiston termasi g‘alabaga erishdi, deb xabar beradi UzDaily.
Juftliklar bahsida Denis Istomin va Farrux Do‘stov uch setda Ji Sung Nam va Min Kyu Songni 6:2, 7:5, 7:6 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada, O‘zbekiston termasi 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqishi uchun 19-iyulda o‘tkaziladigan 2 ta o‘yindan bittasida g‘alabaga erishishi kerak.
Izoh (0)