16-iyul kuni Toshkentdagi ilk yig‘ini yakunida Viktor Jalilov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Paxtakor” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
16-iyul kuni “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda olimpiya terma jamoasi kichik — 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdagi yagona golni birinchi bo‘lim so‘ngida “Paxtakor” sardori Kaxi Maxaradze kiritdi. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa gol urish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratgan bo‘lishiga qaramay, ushbu hisob o‘zgarmay qoldi.
O‘zbekiston OTJ – “Paxtakor” 0:1Gol: Kaxi Maxaradze
O‘zbekiston OTJ: A. Tursunboyev, R. Ashurmatov, J. Mirabdullayev, M. Fomin, A. Olimov, Q. Ro‘ziyev, O. Shukurov, J. Masharipov, Sh. Norbekov, M. Bobojonov, Sh. DostonovZaxira: A. Omonov, D. Tursunov, I. Shoyqulov, T. Hakimov, M. Rajabov, T. Ayupov, Rahmatullayev, K. Sharofutddinov, N. Yefremenko, I. Isoqjonov.
“Paxtakor”: A. Lobanov, K. Maxaradze, S. Andreyev, Sh. Karimov, A. Ismatullayev, A.Merzlyakov, D. Hoshimov, I. Sergeyev, J. Sidiqov, A. Oraxovats, V. Kozak.Zaxira: N. Ribkin, A. Otaxonov, N. Yuldashev, S. Davlatjonov, T. Tolipov, S. Nurillayev, R.Sharofiddinov, D. Sharofutdinov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘in davomida 13-iyul kuni “Mash’al”ni mag‘lub etgandi.
Izoh (0)