Eron va “oltilik” (AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya) davlatlari yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Eronlik amaldorlar kelishuv to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan. Qayd etilishicha, hujjat tayyor, yakuniy uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da bo‘lib o‘tadi, keyin esa matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif “oltilik” bilan muzokaralar 14-iyul kuni yakunlanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)