• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ufada o‘tkazilgan ShHT sammitida Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi

    Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9—10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: president.uz

    Foto: president.uz

    Sammitning asosiy tadbirlari 10-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

    Majlisda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Shanxay hamkorlik tashkiloti amaliy muloqot va mintaqaviy hamda global muammolarni samarali hal etish uchun qulay imkoniyat ekani ta’kidlandi.

    ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari majlisni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari, muloqot bo‘yicha sheriklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘z nutqida tobora global tus olib borayotgan tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

    “Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal qilishda, xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashda Shanxay hamkorlik tashkilotining ta’siri va nufuzi oshib bormoqda. Bu ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish, kuzatuvchilar va muloqot bo‘yicha sheriklar qatoriga qo‘shilish istagini bildirgan davlatlar safi kengayib borayotganida namoyon bo‘lmoqda va bu tabiiy jarayondir”, —dedi Islom Karimov.

    O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Shanxay hamkorlik tashkilotini harbiy-siyosiy alyansga aylantirmaslik, ShHTni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va prinsiplarga sodiq qolish va ularni yanada mustahkamlash darkorligini ta’kidladi.

    O‘zbekiston rahbari Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etib bo‘lmasligini, uning yagona yo‘li – donor mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy va gumanitar yordamida va BMTning faol ishtirokida faqat tinch siyosiy muzokaralar o‘tkazish, qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishish ekanini qayd etdi.

    O‘zbekiston qo‘shni sifatida Afg‘onistonga muntazam yordam berib kelmoqda, transport kommunikatsiyalarini barpo etish, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirmoqda, insonparvarlik yordamini yetkazib bermoqda.

    Ma’lumki, ShHTga raislik O‘zbekistonga o‘tdi. Shu munosabat bilan Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi ShHT tashkil topganining 15-yilligi nishonlanadigan yilda tashkilotga raislik qilishdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olayotganini va bu, o‘z navbatida, istiqbolda ko‘zda tutilgan rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda umumiy mas’uliyatni yanada oshirishini ta’kidladi.

    Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish, tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish va ularning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash tashkilot oldidagi dolzarb vazifa bo‘lib qolaveradi.

    Mintaqada barqarorlik va taraqqiyotning ishonchli kafolati sifatida ShHT rolini yanada mustahkamlash maqsadida unga a’zo mamlakatlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirish, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, manfaatdor davlatlar bilan munosabatlarni izchil rivojlantirish chora-tadbirlariga alohida ahamiyat beriladi.

    “O‘zbekiston ShHTga raisligi doirasida madaniy-gumanitar, ilm-fan va ta’lim sohalarida samarali mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratadi”, — deb ta’kidladi Islom Karimov.

    Sammit yakunida Ufa deklaratsiyasi, ShHTni 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi va 2016—2018-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi qabul qilindi. Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayonini boshlash, Belarus Respublikasiga kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal davlatlariga muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish bo‘yicha qarorlar imzolandi.

    11.07.2015, 10:16   Izoh (0)   5829
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshkent—O‘sh” avtoyo‘li uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan korxona rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortildi

    11.07.2015, 08:00

    Navoiyda tog‘asiga giyohvand modda sotgan fermer xo‘jaligi xodimi 2,5 yilga qamaldi

    10.07.2015, 21:11

    Samarqandda qalbaki aroq tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

    10.07.2015, 20:01

    O‘zbekiston TIVda Fransiya elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    10.07.2015, 17:54

    O‘zbekiston TIVda BMTning rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturi Doimiy vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

    10.07.2015, 17:42

    Discovery kanalida Buxoro haqida hujjatli film namoyish etiladi

    10.07.2015, 13:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Afg‘onistondan qo‘shinlari olib chiqilgani bo‘yicha tergov o‘tkazadi

    Dunyo | 21 may, 11:29

    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

    Reklama | 21 may, 10:30

    Toshkentda YTHlarning oldini olish uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 21 may, 11:06

    Fransiyada 3 mingdan ortiq kishi smurflar kostyumida to‘planib, jahon rekordini o‘rnatdi

    Layfstayl | 21 may, 11:00

    Yevropa Ittifoqi ”Ozodlik radiosi”ga 5,5 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 21 may, 10:48

    O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 21 may, 10:36

    Pep Gvardiola qanday holatda “Manchester Siti”ni tark etishini aytdi

    Sport | 21 may, 10:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.